Jahon | 23:50 / 28.08.2017
4179
1 daqiqa o‘qiladi

YeI va Buyuk Britaniya Brexit bo‘yicha navbatdagi muzokaralarni boshladi

Foto: AP Photo / Kirsty Wigglesworth

Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Bryusselda Brexit (Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi) shartlari bo‘yicha muzokaralarning 3-raundini boshladi. Bu haqda Yevrokomissiya tvitterda ma'lum qildi. 

“Muzokaralarning 3-raundi hozirgina boshlandi”, deyilgan xabarda. Ma'lum qilinishicha, muzokaralar 31 avgustgacha davom etadi.

Uchrashuv oldidan Yevropa Ittifoqidan muzokarachi Mishel Barne muzokaralarning borishidan xavotir bildirdi. Uning aytishicha, Yevrokomissiya Buyuk Britaniyaning Brexit bo‘yicha bildirgan taklifini yaxshilab o‘rganib chiqqan va YeIda bu taklifdan yetarlicha qanoatlanilmagan. Barnening ta'kidlashicha, shu sababli tomonlar “muzokaralarni jiddiy boshlashlari kerak” va Yevropa Ittifoqi Brexit’ga taalluqli barcha masalalarning yetarlicha to‘liq hal qilinmasligiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid