Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Meksikada darvozabon 10 soniyada 4 marta seyv qildi
Meksikaning «Krus Asul» klubi darvozaboni Xose de Xesus Korona milliy chempionat doirasida «Monterrey»ga qarshi kechgan o‘yinda 10 soniya ichida 4 marta darvozasiga berilgan zarbalarni to‘sdi.
O‘yinning 67-daqiqasida raqib qarshi hujumga o‘tganida Korona ketma-ket 4ta seyv amalga oshirgan, yana bir zarbani himoyachi qaytargan. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.
«Monterrey» Meksika chempionatining eng kuchli klubi hisoblanadi, ayni vaqtda bu jamoa 7 turdan keyin 17 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda, «Krus Asul» 11 ochkosi bilan oltinchi pog‘onada bormoqda.