Sport | 00:52 / 19.12.2019
13331
2 daqiqa o‘qiladi

KJCh-2019. «Liverpul» 91-daqiqada urilgan gol evaziga finalga chiqdi

Foto: Twitter/LFC


Qatarda o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jaxon chempionatining ikkinchi yarimfinali yakunlandi. Unda «Liverpul» Meksikaning «Monterrey» klubini hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda  kiritilgan to‘p evaziga mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa finalda «Flamengo» va  «Liverpul» klublari to‘qnash kelishadigan bo‘ldi. «Al Hilol» hamda «Monterrey» esa 3-o‘rin uchun kurash olib borishadi.

Final va 3-o‘rin uchun o‘yinlar 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

KJCh-2019, yarimfinal

Monterrey (Meksika) – Liverpul (Angliya) 1:2
Gollar: Funes-Mori (14) – Keyta (11), Firmino (90+1).
Monterrey: Barovero, Medina, Sanches, Montes (Layun, 79), Vanjoni, Ortis, Pisarro (Gonsales, 90), Galyardo, Funes-Mori, Pabon (Mesa, 82), Rodriges. 
Liverpul: Alisson, Henderson, Roberson, Gomes, Lallana, Milner (Aleksander-Arnold, 75), Oksleyd-Chemberlen, Keyta, Shakiri (Mane, 68), Saloh, Origi (Firmino, 85).
Ogohlantirishlar: Vanjoni (47), Gomes (58), Galyardo (78).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid