O‘zbekiston | 11:25 / 31.08.2017
22308
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyida tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi

Foto: O‘zbekiston24

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yillik bayrami yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga turli davlat rahbarlari va diplomatik korpus vakillaridan qutlovlar kelmoqda.

«O‘zbekiston24» telekanali saytida xabar berilishicha, bugun "O‘zbekiston" Xalqaro forumlar saroyida Mustaqillikning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Shuningdek, adabiyot, san'at va madaniyat namoyandalari, sportchilar, xorijiy mehmonlar ham qatnashadilar.

Avvalroq, joriy yil O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram dasturi Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ bosh sahnasida emas, «O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyi»da konsert ko‘rinishida o‘tkazilishi belgilangani xabar qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid