Mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlat rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, Özbekiston xalqiga tinçlik-osoyiştalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, çin dildan ezgu istaklar izhor etilgan. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Xususan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning maktubida şunday deyiladi:
“Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Sizni Özbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
Özbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda erişgan muvaffaqiyatlari barçaga ma'lum. Özbekiston jahon miqyosida yuksak nufuzga ega mamlakat sifatida xalqaro muhim masalalarni hal etişda alohida örin tutadi.
Davlatlarimiz örtasida strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari izçil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta'kidlayman. Özaro aloqalarning barça yönalişlari böyiça hamda Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaş yölidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş borasidagi işlarni Siz bilan birgalikda davom ettirişga tayyor ekanimni tasdiqlamoqçiman. Işonçim komilki, bu Rossiya va Özbekiston xalqlarining manfaatlariga töla mos keladi.
Sizga, muhtaram Şavkat Miromonoviç, çin qalbimdan mustahkam soğliq va muvaffaqiyatlar, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Vladimir Putin,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti”
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev öz qutlovida şunday fikrlarni bildirdi:
“Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Sizni Qozoğiston xalqi va şaxsan öz nomimdan Özbekiston Respublikasining Milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.












