Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilgan to‘rtinchi terma jamoa nomi ma'lum
JCh-2018 saralashining V guruhida 9-tur uchrashuvlari doirasida Yaponiya – Avstraliya uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda mezbonlar Asano (42) va Ideguchi (82) urgan gollar evaziga 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Bu g‘alaba yaponlarga 2018 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qildi.
Guruhda Yaponiya 9 turdan keyin ochkolari sonini 20taga yetkazdi va oxirgi turda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar Saudiya Arabistoni (16) va Avstraliya (16) bu jamoaga yetib ololmaydigan bo‘ldi.
Shu tariqa, Yaponiya 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundialda ishtirok etishi aniq bo‘lgan to‘rtinchi terma jamoaga aylandi. Turnirda shu vaqtgacha Rossiya, Braziliya va Eron terma jamoalari ishtirokini naqd qilgandi.
Mavzuga oid
22:52 / 22.05.2026
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
11:43 / 17.05.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
15:48 / 14.05.2026
O‘zbekistonliklar Yaponiyaga vizani qanday olishi mumkin?
10:04 / 10.05.2026