Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda Rossiyadagi jahon chempionatiga borish masalasi hal etiladi
Yevropada futbol bo‘yicha 2018-yilgi Jahon chempionati uchun saralash bosqichining 7-turidan o‘rin olgan o‘yinlar davom etadi. Bugun Madridda Ispaniya va Italiya o‘z guruhda kim birinchi bo‘lish masalasini hal etadi. Ukraina va Turkiya esa Xarkovdagi stadionda o‘lim uchun maydonga tushadi. Kardiff o‘yingohida Uels va Avstriya Rossiyaga borishga imkoniyatni saqlab qolish masalasini hal etadi.
G guruhida quyidagi juftliklar o‘zaro bahs olib borishadi:
Ispaniya — Italiya, Isroil — Makedoniya, Albaniya — Lixtenshteyn
Albatta, bunda markaziy o‘yin ispanlar va italnlar terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi shubhasiz. Ular guruh yetakchisiga oydinlik kiritib olishadi. Ularning ikkisida ham 16 ochkodan borligi o‘yinning juda qizg‘in bahslar bilan o‘tishini ta'minlaydi.
Aynan «Santyago Bernabeu»da raqiblardan qaysi biri Rossiyaga bevosita borishi ma'lum bo‘lishini e'tiborga olsak, o‘yin qanchalik muhim ahamiyatga egaligini bilish qiyin emas. Ushbu guruhdagi hozirgi vaziyat quyidagicha:
G Guruhi O‘ O
1 Ispaniya 6 16
2 Italiya 6 16
3 Albaniya 6 9
4 Isroil 6 9
5 Makedoniya 6 3
6 Lixtenshteyn 6 0
Bugun, shunindek, yuqoridagilardan tashqari, yana oltita stadionda milliy termalar ishtirokidagi futbol tomoshalari bo‘lib o‘tadi. Xususan, I guruhida:
Ukraina — Turkiya, Xorvatiya — Kosovo, Finlandiya — Islandiya jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilishadi.
I Guruhi O‘ O
1 Xorvatiya 6 13
2 Islandiya 6 13
3 Turkiya 6 11
4 Ukraina 6 11
5 Finlandiya 6 1
6 Kosovo 6 1
D guruhida Uels — Avstriya, Serbiya — Moldaviya, Gruziya — Irlandiya milliy terma jamoalari maydonga tushishadi. Bu guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish olgan.
D Guruhi O‘ O
1 Serbiya 6 12
2 Irlandiya 6 12
3 Uels 6 8
4 Avstriya 6 8
5 Gruziya 6 3
6 Moldaviya 6 2
Mavzuga oid
10:00
Kuchli issiq Yevropada o‘rmon yong‘inlarini kuchaytirdi
08:15 / 02.07.2026
Sun’iy yo‘ldosh Yevropadagi rekord issiqni koinotdan tasvirga oldi
19:00 / 29.06.2026
Enso Mareska "Manchester Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlandi
17:18 / 28.06.2026