Fransiyaning Şarqiy Pireney departamentida yonğin 4 iyul kuni keçqurun Perpinyan şahri yaqinidagi yetib boriş qiyin bölgan toğli hududda boşlangan.
AFP agentligi ma’lumotiga köra, yonğinni öçiriş işlariga 700 nafarga yaqin öt öçiruvçi, 200 ta maxsus texnika, şuningdek önga yaqin samolyot va vertolyot jalb qilingan. Hodisa oqibatida bir nafar öt öçiruvçi va mahalliy aholidan bir kişi oğir jarohat olgan.
Şarqiy Pireney ma’muriyati xavfsizlik nuqtai nazaridan beş ming nafar aholini evakuatsiya qiliş töğrisida qaror qabul qildi. Departament prefekti Reno de la Mot bu yonğinni «misli körilmagan kölamdagi ofat» deb baholab, uni bartaraf etiş uçun barça davlat xizmatlari safarbar etilganini bildirdi.
Fransiyaning yana 41 ta departamentida 6 iyul kuni ham yonğin xavfi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Ulardan yettitasida eng yuqori xavf darajasi e’lon qilingan.
Gretsiyada yirik yonğin Saloniki şahri yaqinidagi çiqindilarni qayta işlaş zavodida boşlangan. Qalin qora tutun şahar markazigaça yetib borgani sababli mahalliy hokimiyat aholini uylarida qoliş, deraza va eşiklarni yopiş hamda havodagi zaharli moddalar tufayli taşqariga çiqmaslikka çaqirgan.
Şuningdek, uçta aholi punkti va doimiy parvarişga muhtoj 157 nafar kişi yaşaydigan muassasa evakuatsiya qilingan. Mahalliy politsiya ehtiyotsizlik oqibatida yonğinga sabab bölganlikda gumon qilinib, 76 yoşli erkakni qölga olgan.
Gretsiya poytaxti Afina şahrining ğarbiy qismida ham yirik örmon yonğini qayd etilgan. Yonğinni öçiriş işlarida 210 nafar öt öçiruvçi, köngillilar va maxsus aviatsiya iştirok etmoqda.
Ispaniyaning Jirona viloyatida esa yonğin 3 iyuldan beri davom etmoqda. EFE agentligi ma’lumotiga köra, yonğin qariyb 2 200 gektar maydonni qamrab olgan.
Portugaliyaning Vozela munitsipalitetida 2 iyul kuni boşlangan yonğinni bartaraf etiş uçun 1 200 nafar öt öçiruvçi, 400 ta maxsus texnika va 15 ta yonğin öçiruvçi samolyot jalb qilingan. Yonğin maydoni 12 ming gektarga yetgan.
3 iyul kuni Ispaniya Portugaliyaga yordam sifatida 120 nafar öt öçiruvçi va 45 ta maxsus texnika yuborgan. 5 iyul holatiga köra, yonğinning asosiy öçoqlari nazoratga olingan bölsa-da, ayrim hududlarda yonğinlar hali ham davom etayotgani xabar qilinmoqda.

















