Sport | 21:39 / 03.09.2017
4627
2 daqiqa o‘qiladi

Hemilton “Formula-1”ning Italiya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

Foto: Reuters

“Formula-1” poygasida Mercedes jamoasi uchun ishtirok etuvchi britaniyalik poygachi Lyuis Hemilton “Formula-1”ning Italiya gran-prisi g‘olibi bo‘ldi.

Marraga ikkinchi bo‘lib Hemiltonning jamoadoshi Valtteri Bottas, uchinchi bo‘lib Ferrari’ning nemis poygachisi Sebastyan Fettel kelgan.

Hemiltonning navbatdagi g‘alabasi unga shaxsiy hisobda birinchi o‘rniga chiqib olishga imkon bergan. Hozir unda 238 ochko mavjud va u peshqadam Fettelni 2-pog‘onaga tushirib (235 ochko) qo‘ygan. 3-o‘rinni esa 197 ochko to‘plagan Bottas egallamoqda.

Muhandislar kubogida 435 ball bilan Mercedes yetakchilik qilmoqda, 2-o‘rinda Ferrari (373), 3-o‘rinda Red Bull (212) kelmoqda.

Undan avvalroq Hemilton saralash bosqichidagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Endi unda 69 ta shunday o‘yin bor va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha 68 ta g‘alabaga ega bo‘lgan afsonaviy Mixael Shumaxerni ortda qoldirgan. 

Mavzuga oid