Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen Xitoydan 1,8 mln ta avtomobilini qaytarib olmoqda
Foto: Reuters
Germaniyaning Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasi va uning Xitoydagi ikkita qo‘shma korxonasi yonilg‘i nasoslaridagi muammo sababli 1,8 mln ta mashinani qaytarib olmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
2007-2014 yillarda ishlab chiqarilgan Volkswagen Magotan, 2009-2014 yillarda ishlab chiqarilgan Volkswagen Passat (FAW-Volkswagen qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan) hamda 2011-2015 yillarda ishlab chiqarilgan VW Passat (SAIC Volkswagen’da ishlab chiqarilgan) modellari qaytarib olinmoqda. Shuningdek, importga chiqarilgan 19000 dona mashina ham qaytarilmoqda.
Mashinalarda elektronika va yonilg‘i nasosining ishlamay qolishi oqibatida dvigatel o‘chib qolishi mumkinligi aniqlangan. Nosozlik haqidagi ma'lumotlar 2016 yil aprelda Xitoy hukumati tomondan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida olingan.
Volkswagen mart oyida ham Xitoydan 680 ming dona Audi mashinalarini chaqirtirib olgan. Bunga mashinalardagi sovituvchi suyuqlik nasoslaridagi nuqson sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026