Jahon | 13:08 / 05.09.2017
22078
1 daqiqa o‘qiladi

Putin AQSh haqida: Avstriyani Avstraliya bilan adashtiradigan kishilar bilan muloqot qilish mushkul

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Rossiya AQShning konsullikka aloqador harakatlariga hozircha javob qaytarmaydi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.

«Gap shundaki, biz sheriklarimiz bilan xodimlarning soni teng bo‘lishiga kelishib oldik... Biz hozircha buni qilmaymiz (javob qaytarish). Boshqa tomoni, bularning bari juda ham surbetlarcha qilinmoqda. Avstriyani Avstraliya bilan adashtirib yuradigan kishilar bilan muloqot olib borish mushkul», - deya ma'lum qildi Putin.

Avvalroq Oq uy Tramp Putin bilan Rossiyaning San-Frantsiskodagi bosh konsulligi yopilishi masalasini muhokama qilmasligi haqida bayonot bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid