Jahon | 12:16 / 06.09.2017
16909
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya KXDRning yadro maqomini tan olmaydi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, rus tomoni KXDR yadro maqomini tan olmaydi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.

«Koreya Respublikasi prezidenti janob Mun Chjye Inga bizning prinsipial pozitsiyamizni tasdiqladim: biz Shimoliy Koreya yadro maqomini tan olmaymiz. Pxenyanning raketa-yadro dasturi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini qo‘pol tarzda buzmoqda, tarqatmaslik rejimiga zarar yetkazmoqda, Shimoli-Sharqiy Osiyoda xavfsizlikka tahdid uyg‘otmoqda», - dedi u.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti hissiyotlarga berilmaslik va KXDR rahbariyatini «bir burchakka siqib qo‘ymaslik»ka chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, ro‘y bergan vaziyatga faqatgina sanksiyalar yordamida yechim topish mumkin emas.

Avvalroq Yaponiya mudofaa vazirligi KXDR yadro zaryadi kuchini 120 kilotonnaga baholagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid