23:10 / 07.09.2017
8817

Feysbuk foydalanuvchilariga dovulni ventilyator yordamida ortga haydash taklif qilindi

Foto: Reuters

Feysbukda mualliflari AQShga yaqinlashayotgan “Irma” dovulini ventilyatorlar yordamida ortga haydashni taklif etayotgan guruh yaratildi.

Guruh asoschilari barchani ventilyatorlarni ko‘chaga olib chiqib, so‘ngra dovul tomon yo‘naltirib, uni haydash uchun ventilyatorlarni bir vaqtda ishga tushirishga chaqirganlar. 

Ventilyatori yo‘qlarga esa xayolan istalgan “shamol” qurilmasini qo‘llash taklif qilingan.

Bu tadbir 7-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 56 ming odam ishtirok etishini tasdiqlagan. 

Albatta, bu usul shunday qudratli tabiat hodisasi oldida ish berishi dargumondir.

Mavzuga oid
Top