Jahon | 08:13 / 15.09.2017
4493
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp “Irma”dan jabr ko‘rgan Puerto-Riko va Virginiya orollariga tashrif buyurmoqchi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp “Irma” dovulidan jabr ko‘rgan Puerto-Riko va Virginiya orollariga yaqin kunlarda tashrif buyurmoqchiligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

“Prezident yaqin orada Puerto-Riko va Virginiya orollariga tashrif buyurishga umid qilayotganini aytdi”, deb Tramp bilan samolyot bortida o‘tgan brifing natijalariga ko‘ra ma'lum qilishgan prezident press-puli muxbirlari.

Ta'kidlanishicha, Tramp bundan avval “Irma”dan jabr ko‘rgan yana bir hudud – Florida shtatiga tashrif buyurgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid