Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya futbol federatsiyasi tashkilot prezidentini iste'foga chiqishga chaqirdi
Foto: Reuters
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi tashkilot prezidenti Anxel Mariya Vilyarni iste'foga chiqishga chaqirmoqda, deb xabar berdi «R-Sport».
Korrupsiyada gumonlanayotgan Vilyar, futbol faoliyatidan chetlashtirilgandi.
«Bugun o‘z qarorgohida yig‘ilgan RFEF direktorlar kengashi federatsiya va uning organlari normal holatda ishlayotganini tasdiqladi, Xuan Luis Larrea o‘z lavozimida qo‘llab-quvvatlandi.
Biroq, direktorlar kengashiga Vilyar bilan uchrashuvda unga iste'foga chiqish haqida murojaat topshirilgani va tezroq javob qaytarish haqida iltimos yuborilgani haqida ma'lumot berildi. Bu yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga imkoniyat beradi», - deyiladi RFEF rasmiy saytidagi bayonotda.
Vilyar 2017 yilning 18 iyul kuni o‘z o‘g‘li Gorka, shuningdek, RFEF vitse-prezidenti, Tenerife futbol federatsiyasi rahbari Xuan Padron va mintaqaviy tashkilot kotibi Ramon Ernandes bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi reyd vaqtida qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
20:57 / 22.05.2026
Messi tarixdagi ikkinchi milliarder futbolchi bo‘ldi
23:06 / 21.05.2026
O‘zbekiston U-17 jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oldi
00:04 / 20.05.2026