Qayd qilinişiça, yoş avlodni xalqaro standartlar asosida tayyorlaş maqsadida “Navbahor” akademiyasi uç yil muddatga dunyoning yetakçi futbol maktablaridan biri sanalgan Niderlandiyaning “Ayaks” futbol akademiyasi boşqaruviga berildi.

Kelişuvga asosan, klublar örtasida qöşma futbol akademiyasi taşkil etilib, özbekistonlik yoş futbolçilar va murabbiylarni tayyorlaş böyiça “Ayaks”ning boşqaruv modeli joriy etiladi.

Hozirgi kunda akademiyada xorijiy mutaxassislar, jumladan, murabbiy va skautlar faoliyat yuritib, mahalliy yoşlarni Yevropa futbol standartlari asosida tayyorlaş işlarini olib boryapti.

Prezident akademiya infratuzilmasi, maşğulot maydonlari hamda tarbiyalanuvçilar uçun yaratilgan imkoniyatlarni közdan keçirdi. Şuningdek, yoş futbolçilar va xorijiy mutaxassislar bilan suhbatlaşib, ularning rejalari bilan qiziqdi.
Uçraşuv davomida mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va Özbekiston milliy jamoasining xalqaro maydonlardagi iştirokini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.




















