Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada “Mersedes Bens” yukxonasidan 828 kg mis metalli topildi
Yaqinda Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan rangli metall parchalarining yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishlardan biri bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Farg‘ona tumanining chegaradosh hududida harakatlanayotgan “Mersedes Bens” rusumli avtomashina belgilangan tartibda to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida qo‘shni davlatga noqonuniy ravishda olib chiqish uchun mo‘ljallangan 23 dona polietilen qoplarda umumiy qiymati 4 mln. 400 mingdan ortiq, sof og‘irligi 828 kg mis rangli metall parchalari olib ketilayotganligi aniqlandi.
Surishtiruvlar davomida ma'lum bo‘lishicha, ushbu rangli metall parchalari fuqaro A.Yo.ga tegishli bo‘lib chiqdi. Ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 1851-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ushbu moddaga ko‘ra rangli metallar parchalari va chiqitlarini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, noqonuniy o‘tkazishga urinish jarima, 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida respublika bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 87 ta qonunbuzarlik holatlarida qiymati salkam 150 mln. so‘mlik 73 tonnadan ortiq qora va rangli metall parchalari va chiqindilarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
21:11 / 30.05.2026