Davlat xavfsizlik xizmati Farğona viloyati boşqarmasi hamda içki işlar organlari hamkorligida Buvayda tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda Marğilon – Buvayda yönalişida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomaşina töxtatilib tekşirildi. Natijada, avtomobilda yölovçi sifatida ketayotgan Qöştepa tumanida yaşovçi şaxsning yonidan 1 kilogramm 187 gramm «gaşiş» moddasi topilib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Şuningdek, DXXning Xorazm viloyati boşqarmasi, içki işlar va bojxona organlari hamkorligida Urganç şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda 1995 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxsning yonidan hamda vaqtinça yaşaş manzilidan jami 620 gramm «gaşiş» va 297 gramm «mefedron» giyohvandlik vositalari musodara qilindi.
Tergovga qadar aniqlanişiça, mazkur narkotik moddalar Rossiyadan kontrabanda yöli bilan olib kelingan.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















