Jahon | 08:44 / 08.09.2017
6472
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniya parlamenti Ispaniyadan ajralib chiqish tartibi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Foto: RIA Novosti

Kataloniya parlamenti o‘tish davri to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. U, mustaqillik tarafdorlarining fikricha, muxtor viloyatning Ispaniya tarkibidan chiqishi uchun yuridik asos yaratadi.

"O‘tish davri to‘g‘risidagi qonunga 71 deputat “ha” javobini berdi, o‘n nafari qarshi chiqdi, betaraflar bo‘lmadi", - deya ma'lum qildi Kataloniya parlamenti spikeri Karme Forkadel.

Bu qonun Ispaniya hukumati talabi bilan mamlakat konstitutsiyaviy sudida qayta ko‘rib chiqiladi. 

Hujjat, uning mualliflarining taxminicha, 1 oktabr kungi referendumda Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi tarafdorlari g‘alaba qozonsa, kuchga kiradi. Bu holatda qonun 2 oktabrdan to parlamentga saylovlar o‘tkazilgunga qadar, ya'ni olti oy davomida qo‘llaniladi. Yangi parlament esa yangi davlat konstitutsiyasini ishlab chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid