Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: "Myanmadagi zo‘ravonlikka chek qo‘yish uchun barcha musulmon mamlakatlar birgalikda harakat qilishi kerak"
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yakshanba kuni Islom hamkorlik tashkilotining Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitida uning mamlakati myanmalik qochqinlarga yordam ko‘rsatishga tayyor ekani, shuningdek Myanmadagi zo‘ravonlikka chek qo‘yish uchun barcha musulmon xalqlar birgalikda harakat qilishi kerakligini aytdi.
"Myanmada bizning musulmon birodarlarimiz juda shafqatsiz munosabatga duch kelishmoqda, ularni o‘z uylarini tark etishga majbur qilishmoqda. Biz ularga bo‘lgan bunday adolatsiz munosabatga chek qo‘yilishi uchun bor kuchimizni safarbar etishimiz lozim. Biz insoniyatning bu dramasiga chek qo‘yish uchun Myanma va Bangladesh hukumatlari bilan birga ish olib bormoqchimiz", - dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti Bangladesh hududida boshpana izlayotgan musulmonlar ham yordamga muhtoj ekanini ma'lum qilgan.
"Biz Bangladeshga bu borada yordam bermoqchi ekanimizni aytdik. Bu zo‘ravonlikka chek qo‘yish uchun barcha musulmon mamlakatlar birgalikda harakat qilishi kerak", - deya ta'kidladi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
12:30 / 29.12.2025
Bo‘stonliqda tog‘da qolib ketgan 3 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi
13:26 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi
18:09 / 07.04.2025