Mark Ryutte Rossiyaning Ukraina şaharlariga dron va raketa hujumlari davom etayotganini qoralab, Kiyevga, ayniqsa, havo mudofaasi sohasida qöşimça yordam zarurligini ta’kidladi.
«Ukrainaning xavfsizligi bizning öz xavfsizligimiz bilan çambarças boğliq. Şuning uçun barça ittifoqçilar mamlakat suverenitetini himoya qilişga munosib hissa qöşişi kerak», — dedi NATO boş kotibi.
Ryuttening ma’lum qilişiça, AQŞning tanqidlaridan söng Yevropa davlatlari va Kanada mudofaa hamda xavfsizlik xarajatlarini sezilarli darajada oşirgan. Hozirda ular yalpi içki mahsulotining taxminan 4 foizini uşbu yönalişlarga sarflamoqda. Buning 2,5 foizi an’anaviy harbiy xarajatlarga, yana 1,5 foizi esa infratuzilma va boşqa xavfsizlik loyihalariga yönaltirilmoqda.
Uning aytişiça, 2025 yilda Yevropa mamlakatlari va Kanada harbiy xarajatlarni 2024 yilga nisbatan qariyb 20 foizga oşirgan. Sönggi 18 oy içida qöşimça sarflangan mablağlar hajmi 258 milliard AQŞ dollariga yetgan.
Ryutte Anqara sammitida yana önlab milliard dollarlik yangi mudofaa şartnomalari e’lon qilinişini ma’lum qildi. Bu bitimlar alyans uçun havo hujumidan mudofaa tizimlari, qurol-yaroğ va harbiy texnikalar xarid qiliş imkonini beradi.
NATO sammiti 7–8 iyul kunlari Anqara şahrida ötkaziladi. Unda alyansning 32 a’zo davlati rahbarlari, jumladan AQŞ prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Fridrix Mers hamda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy iştirok etişi kutilmoqda.
Mutaxassislar fikriça, sammitning asosiy mavzularidan biri Ukraina uçun yangi köp milliard dollarlik harbiy yordam paketlari hamda AQŞning NATO oldidagi majburiyatlarini saqlab qolişi masalasi böladi.

















