Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammiti ochildi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona shahridagi Mustaqillik saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar delegatsiya rahbarlarining rasmiy suratga tushish marosimi bo‘ldi.
Sammitni Prezident Nursulton Nazarboyev ochdi. Qur'on tilovat qilindi.
Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti “Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish” mavzuida o‘tayotgani bilan ahamiyatlidir.
Ma'lumki, 2016 yil 18 oktabrda Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tgan, “Ta'lim va ma'rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiori uning asosiy g‘oyasi etib belgilangan edi. Shu ma'noda, Ostonadagi sammitni Toshkentda o‘tgan sessiyaning mantiqiy davomi, deyish mumkin.
Anjumanda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitda Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat 80 ga yaqin delegatsiya ishtirok etmoqda.
Sammit yakunida Ostona deklaratsiyasi imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025