2003 yilda Nyu Yorkda amerikalik tadbirkor hibsga olinadi. Öşa paytda Qozoğiston prezidenti maslahatçisi bölgan tadbirkorga Nursulton Nazarboyev va boş vazir Nurlan Balgimbayevga yirik miqdorda pora berganlik aybi qöyiladi. 2010 yilda AQŞ ma’lum şartlar evaziga tadbirkor, Nazarboyev va boş vazirdan ayblovlarni olib taşlaydi. Bu iş tarixda “Qozoqgeyt” nomini olgan.

Bundan bir neça kun oldin, aniqroği 2024 yil 14 dekabr kuni Qozoğistonning sobiq prezidenti Moskvada Vladimir Putin bilan uçraşgan. Biroq bu uçraşuv tafsilotlari haqida heç qayerda rasmiy ma’lumot berilmadi.

Nazarboyevning iltimosiga köra uçraşuv tafsilotlari oşkor qilinmagan bölişi ham mumkin. Uçraşuvdan xabar topgan qozoq OAV AQŞda Nazarboyevga nisbatan “Qozoqgeyt-2” işi böyiça suriştiruv boşlangani va sobiq prezident şuni muhokama qiliş uçun Moskvaga borganini yozib çiqdi.

“Qozoqgeyt” işi 2000-yillarda bölib ötgan va amerikalik tadbirkorlardan biri Nazarboyev hamda öşa paytda Qozoğiston boş vaziri bölgan şaxsga 84 mln dollar pora berişda ayblangandi.

Öşanda tergov va suriştiruv işlari bir neça yil davom etadi va oxir-oqibat amerikalik tadbirkor oqlanadi. “Qozoqgeyt” işi Amerika-Qozoğiston munosabatlari tarixidagi eng keskin voqea bölgan.

Tadbirkorning hibsga olinişi va “Qozoqgeyt”

2003 yilning bahorida Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda Parijga uçadigan samolyotga çiqmoqçi bölgan şaxs hibsga olinadi. Bu amerikalik tadbirkor va neft böyiça maslahatçi Jyeyms Giffen edi.

Jyeyms Giffen

Giffenga pora oliş va beriş ayblovi qöyilgandi. Uning Fransiya poytaxtiga uçişi amerikalik huquqni himoya qiliş organlari tomonidan qoçiş deb talqin qilingan. Şu sababli ham uni samolyotga çiqişdan avval töxtatib qolişgandi.

Amerika fuqaroligi va yana kamida Qozoğistonning diplomatik pasportiga ega bölgan Jyeyms Giffenning qoçiş niyati yöq edi. Öşa kuni uning qölida ortga qaytiş çiptasi ham bölgan.

Giffen politsiya bölimiga olib ketiladi va birmunça vaqt ötgaç, “Xorijiy korrupsiya amaliyoti töğrisida”gi qonunni buzgani uçun sudga tortiladi.