Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
Xitoy hukumati mamlakat hududida benzinli yoki dizelli dvigatellar bilan jihozlangan avtomobillarni ishlab chiqarish va sotishdan to‘liq voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Sin Gobinga tayangan holda xabar qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda taqiqni joriy qilish muddati hukumatda muhokama qilinmoqda. Gobinning aytishicha, ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillarni taqiqlash atrof-muhit holatini yaxshilash va Xitoy avtosanoati rivojiga turtki beradi.
Xitoyning yengil avtomobillar eksporti bilan shug‘ullanuvchi yirik Chery Automobile Co. kompaniyasi vakili Lyu Chjitszyaning ma'lum qilishicha, bu taqiq 2040 yildan so‘ng joriy etilishi mumkin. Unga ko‘ra, Xitoy kabi ulkan bozorga tayyorlanish uchun vaqt kerak.
Ma'lumki, 2040 yildan Fransiya va Buyuk Britaniya ham benzinli va dizelli avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqlaydi. Boshqa mamlakatlar, xususan, Germaniya, Norvegiya va Niderlandiya kabi davlatlar ham shu kabi cheklovlarni muhokama qilmoqda. 2016 yili Xitoyda 28 mln dona avtomobil ishlab chiqilgan, shundan 500 mingtasi elektromobildir.
Ko‘plab xorijiy kompaniyalar, jumladan Mercedes-Benz, Volvo, Audi, Ford va Tesla Xitoyda elektromobillar ishlab chiqarmoqda.
Mavzuga oid
22:25 / 28.04.2026
BYD kompaniyasi foydasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi tufayli ikki baravarga kamaydi
22:34 / 27.04.2026
Tarixdagi eng qudratli Porsche elektromobili taqdim etildi
20:43 / 23.04.2026
Birinchi Ferrari Luce elektromobili boshlang‘ich narxi 650 ming dollarni tashkil etadi
08:10 / 09.04.2026