Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda kuchli yomg‘irlar oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 6,7 ming inson evakuatsiya qilindi
Xitoy janubi-g‘arbiy va markaziy tumanlarida yuz bergan kuchli yomg‘irlar hamda suv toshqinlari oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, yetti nafari bedarak yo‘qoldi, yana 6,7 ming inson xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Bu haqda XXR Fuqarolik ma'muriyati vazirligi bayonotida aytiladi.
Noqulay ob-havo Xenan, Xubey, Sichuan, Guychjou, Yunnan, Shensi viloyatlari va markaziy boshqaruvdagi Chuntsin shahridagi 596 ming kishini qamrab oldi. O‘tgan juma kunidan beri to‘xtamayotgan kuchli yomg‘irlar sellar hamda ko‘chkilar, suv toshqinlariga sabab bo‘lgan, ba'zi tumanlarda esa do‘l kuzatildi.
Tabiiy ofat tufayli yetkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zarar miqdori taxminan 64,5 mln dollarga baholanmoqda. Hodisalar oqibatida 500dan ortiq uylar vayron bo‘ldi, yana 2,7 mingtasi zararlandi. 27,7 ming gektar yerdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ziyon yetgan.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026