Jahon | 09:41 / 12.09.2017
2798
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Brexit’dan keyin Yevroittifoq bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya YeIdan chiqqanidan so‘ng ham Ittifoq sanksiya siyosatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, Bryussel bilan tashqi siyosiy harakatlarni muvofiqlashtiradi va Yevropada xavfsizlikni ta'minlashda ishtirok etadi. Bu haqda RIA «Novosti» Britaniya hukumatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.

«Britaniya YeI harbiy amaliyotlarini o‘tkazishda o‘z ishtirokini taklif qiladi, sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlash va tashqi siyosat sohalarida hamkorlik qiladi. Bularning bari Brexit’dan so‘ng xavfsizlik bo‘yicha yaqin sheriklik dasturining bir qismi. Bu haqda hukumat bugun ma'lum qiladi», - degan manba.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, strategiya Britaniya Yevropa oldida paydo bo‘luvchi muammolarni hal etishda, jumladan, noqonuniy migratsiya, terrorchilik va kiberhujumlar bilan kurashishda o‘z aktivlari, imkoniyatlari va ta'siridan foydalanishini nazarda tutadi.

Avvalroq YeI Brexit bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid