Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ: Koreya yarim orolidagi vaziyat keskinlashgani 2018 yilgi qishki Olimpiadani o‘tkazishga ta'sir qilmaydi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Baxning bayonot berishicha, Koreya yarim orolidagi vaziyatning taranglashgani Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlarini tashkil etishga ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda Bax XOQning Limada bo‘lib o‘tayotgan sessiyasi birinchi kunida ma'lum qildi.
"Hozircha, KXDR va boshqa mamlakatlar o‘rtasida keskinlik kuchaygani munosabati bilan O‘yinlarni o‘tkazish borasida qandaydir tahdid borligi haqida shama qilinayotgani yo‘q", - degan Bax hamda bu inqirozga diplomatik yo‘l bilan barham berilishiga umid qilishini qo‘shimcha qilgan.
"KXDR sportchilari uchun eshiklar ochiq. O‘yinlar barcha milliy olimpiya qo‘mitalari uchun ochiq. Biz kvalifikatsiya musobaqalarida ishtirok etayotgan KXDR sportchilarini kuzatayapmiz va zarur bo‘lganda ularga yordam berishga tayyormiz", - degan XOQ rahbari.
2018 yilgi Qishki Olimpiada kelasi yil 9-25 fevral kunlari Pxenchxanda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026