Sport | 22:40 / 12.09.2017
18870
2 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov va «Shanghay SIPG»ning Guangchjoudagi sarguzashtlari

Foto: twitter.com/@oscar8

Osiyo chempionlar ligasining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan «Shanghay SIPG» klubi dastlabki uchrashuvda «Guangchjou Evergrand» ustidan o‘z maydonida 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. 

Bugun bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida esa maydon egalari «Guangchjou Evergrand» o‘yinning asosiy bo‘limlarida 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Qo‘shimcha 15 daqiqalik ikki bo‘limda ham 1:1 hisobi qayd etilgach, Odil Ahmedov jamoasi penaltilar seriyasida 5:4 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Qayd etib o‘tish joiz, 11 metrlik nuqtadan yo‘llangan Odilning zarbasi ham aniq bo‘ldi va u ham ushbu g‘alabaga katta hissasi qo‘shdi.

Taniqli futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov ushbu o‘yindan so‘ng Odil Ahmedov bilan gaplashgan.

Odilning bayon qilishicha, guangchjouliklar uchrashuv oldindan ularga rosa «o‘yin» qilishibdi: 

«Shanghay SIPG» klubi shahar chekkasida joylashgan xaroba mehmonxonaga joylashtirishgan, futbolchilarni kechasi bilan uxlatishmagan, atay politsiya xodimlarini tekshirishga kirgizaverishgan. Ertasi kuni o‘yin uchun stadionga yo‘l olgan avtobusi oldida o‘nga yaqin avtohalokatlar sodir qilib, jamoaning uchrashuvga kechikib kelishini «ta'minlashgan».

Mavzuga oid