Yozda milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan Odil Ahmedov, 18 dekabr kuni futbolçilik faoliyatini tugatganini rasman e’lon qildi. Futbolçining faoliyatiga bağişlangan «Odil Ahmedov: «Orzuning şonli yöli» kitobi taqdimot marosimidan keyin u futboldan ketgani sababi va endi nima bilan maşğul bölişi haqida töxtaldi.
«Har bir narsaning boşi bölganidek, oxiri ham bor. Yaqinda Özbekiston milliy jamoasidagi faoliyatimni yakunlaganim haqida e’lon qilgandim. Bugun esa özim uçun yana bir qarorni qabul qildim. Bu qarorga keliş juda oğir böldi. Bugun sizlarning köz öngingizda butsalarimni mixga ilib, futbolçilik faoliyatimni yakunlaganimni ma’lum qilaman.
Yoş öyinçilarga aytadigan gapim – orzu qiling, maqsad qöying va harakat qiling. Hammasiga erişasiz. Biz albatta, jahon çempionatiga çiqamiz», - dedi Ahmedov.
Tadbirda Odil Ahmedovning faoliyatiga bağişlangan film namoyiş etilganda, u bu yil oğir judolikka uçragani – otasini yöqotganini aytib, buni faoliyatini yakunlaşga sabab sifatida körsatdi.
«Futboldagi eng birinçi muxlisim ham maslahatgöy otam edilar. Endi esa u kişi yöq. Şu bois faoliyatimni yakunlaş haqida öyladim», - dedi Odil.
Tadbirdan keyin esa 34 yoşli sobiq futbolçi OAV vakillari bilan suhbatda qaroridan afsuslanmasligi va endi nima bilan şuğullanişini aytdi.
«Bugungi qarorimdan afsuslanmayman, buni töğri qarorlarimdan biri deya olaman. Çunki bunga sabablarim yetarli. Uzoq öylab, yaqinlarim bilan maslahat qilib, faoliyatimni tugatişim töğri, degan qarorga keldim.

Faoliyatimga bağişlangan kitob yoşlarga yangi maqsadlarga yetişiş uçun yordam berişi mumkin, deb öylayman. Çunki unda qiyinçiliklarni qanday yengib ötganim haqida yozganman.
Endi nima bilan maşğul bölaman? Bilasiz, özimning futbol akademiyam bor, öşa işim bilan jiddiyroq şuğullaniş imkoni böladi. Umuman olganda, futbol içida bölaman», - deydi Odil.
Avvalroq, milliy jamoa sobiq sardori «Odil Junior» akademiyasi uçun oyiga 50-100 million söm sarflaşi haqida ma’lum qilgan edi.
Eslatib ötamiz, Odil Ahmedov 2007 yildan 2021 yilning yozigaça boş jamoa safida töp surib, Özbekiston JÇ-2022 uçinçi saralaş bosqiçiga çiqa olmaganidan söng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. 34 yoşli yarimhimoyaçi Xitoy Superligasi joriy mavsumida «Tsançjou Mayti Layons» safida 7 öyinda maydonga tuşgandi. U faoliyati davomida «Paxtakor», «Anji», «Krasnodar», «Şanxay SIPG» klublarida ham töp surdi.

















