O‘zbekiston | 20:03 / 13.09.2017
17319
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifi yakunida ikki prezidentning Qo‘shma bayonoti imzolanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev  2017 yil 16-17 sentabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. 

O‘zA bergan xabarga ko‘ra, oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Toshkent shahrida ikki mamlakat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stona munosabatlarni izchil rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid