O‘zbekiston | 16:17 / 13.09.2017
15353
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanidagi prokuror sektorida kapital ta'mirlangan maktab yangi o‘quv yilida o‘z faoliyatini boshladi

2017 yil may-avgust oylarida Toshkent tumanida ro‘yxatdan o‘tgan “HI-TECH KABEL” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaxsiy tashabbus bilan chiqib, tumanning “Ibrat” mahallasi “Chimkent yo‘li” ko‘chasida joylashgan 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosini o‘z mablag‘i hisobidan mukammal ta'mirladi. 

Jumladan, maktabning mavjud xona va yo‘laklarning barchasi qayta ta'mirlanib, 118 ta rom zamonaviy “AKFA” romlariga hamda 46 ta eshiklar zamonaviy taxta eshiklarga almashtirildi.

Shuningdek, maktab oshxonasi, sport zali, faollar zali to‘liq ta'mirlanib, yangi jihozlar bilan jihozlandi. Maktab to‘liq radiouzel moslamasi bilan jihozlandi. Maktab hududidagi irrigatsiya va kanalizatsiya qismi, isitish tizimi tubdan yangilanib, yangi qozonxonalar o‘rnatilib, maktabning fasad qismi ta'mirlanib, to‘liq bo‘yaldi. Maktab hovlisida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, turli xildagi dekorativ daraxtlar ekildi, yo‘laklari qayta ta'mirlanib, bardyurlar almashtirildi hamda hovlining 4000 kv.m qismiga asfalt yotqizildi. Natijada maktab binosi zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Bundan tashqari, ta'lim muassasaning yuqori sinf qiz va o‘g‘il bolalari uchun alohida alohida zamonaviy mehnat xonalari, shuningdek, qizlar uchun 72 m2 o‘lchamli raqs to‘garagi xonasi qayta qurib foydalanishga topshirildi. Yaratilgan sharoitlar natijasida o‘quvchilar uchun raqs, duradgorlik, tikuvchilik, mohir qo‘llar, yosh suhandon, belbog‘li kurash, qo‘l to‘pi kabi to‘garaklar tashkil etilishi imkoniyati paydo bo‘ldi.

Mazkur maktabda 2017 yil 2 sentabr kuni soat 8.00 da tashkil etilgan “Bilimlar kuni” bayramida hamda maktabni foydalanishga topshirilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirda Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman IIB va xalq ta'limi bo‘limi mas'ul rahbarlari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda maktabda qurilish ishlarini olib borgan mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “HI-TECH KABEL” qo‘shma korxonasi jamoasiga viloyat hokimligining tashakkurnomasi, Xalq ta'limi vazirligining faxriy yorlig‘i va tuman hokimligining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Maktabda bugungi kunda yangi 2017-2018 o‘quv yilida jami 962 nafar o‘quvchi-yoshlar ta'lim-tarbiya olmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid