Toşkent viloyati Toşkent tumanida yaşovçi Odiljon va Sevara Abdullayevalar oilasida bir yöla 4 egizak tuğildi. Ular 2 yoşli qizaloğini tarbiyalab kelayotgan edi. Endilikda 5 nafar farzandning ota-onasiga aylandi.
SSV matbuot xizmatiga köra, çaqaloqlar Respublika perinatal markazida muddatidan oldin kesarça kesiş amaliyoti orqali dunyoga kelgan.
- Ulardan birinçisi öğil, vazni 1412 gramm, böyi 37 sm;
- Ikkinçisi esa qizaloq, vazni 1624 gramm, böyi 37 sm;
- Uçinçi egizak ham qizaloq, vazni 1466 gramm, böyi 37 sm;
- Törtinçisi öğil, vazni 1780 gramm, böyi 38 sm.

Ayni paytda çaqaloqlar tibbiyot muassasasida xalqaro protokollar asosida parvarişlanmoqda.












