Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda mashg‘ulot vaqtida harbiy mashina yonib ketish oqibatida 15 askar jarohat oldi
AQShning Kaliforniya shtatidagi Camp Pendleton harbiy bazasida o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida gusenitsali desant amfibiya-mashinasi yonib ketishi oqibatida 15 nafar askar jarohat oldi. Ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.
Bu voqea haqida AQSh dengiz piyoda qo‘shinlarining birinchi diviziyasi Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilgan. Diviziya askarlarning ahvoli haqida aniqlik kiritmagan.
Bu orada NBC telekanalining diviziya vakili Pol Geyniga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, 5 nafar askar o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.
“Biz jarohatlangan askarlar va ularning oilalari haqida o‘ylamoqdamiz va ular uchun duodamiz. Hozir ular tibbiy yordam olishmoqda”, deb aytgan Geyni.
Amerikalik harbiylar bilan bunday ko‘ngilsizliklar oxirgi bir necha kun ichida tez-tez sodir bo‘lmoqda. Avvalroq 12 nafar amerikalik harbiy Ruminiyadagi Kimpiya Turziy bazasida Swift Response 17-1 mashg‘ulotlari vaqtida desant qilinayotganda jabrlangani ma'lum qilingandi. 13 sentabrda esa Polshada amerikalik harbiylarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgandi. Bu voqea oqibatida hech kim jarohat olmagan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026