Jahon | 23:03 / 14.09.2017
6073
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropadagi eng mashhur cho‘qqi balandligi ikki yil ichida bir santimetrga kamaydi

Foto: SS0 Public Domain

Yevropadagi eng mashhur cho‘qqi – Monblan tog‘ining balandligi ikki yil ichida bir santimetrga kamaygan. Fransiya va Italiya chegarasida Alp tog‘larida joylashgan cho‘qqining balandligi endilikda 4808,72 sm ni tashkil qilmoqda. Bu haqda o‘lchashlar bilan shug‘ullangan ekspeditsiya koordinatori Nikolya Korne ma'lum qildi.

Uning aytishicha, o‘lchashlar murakkab ob-havo, kuchli shamol va quyuq tuman sharoitida 14 sentabr ertalab amalga oshirilgan. Ekspeditsiyada ishtirok etgan 20 kishidan hamma ham cho‘qqiga ko‘tarilmagan, biroq asosiysi u yerga o‘lchashlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lingan texnik qurilmalar yetkazila olingan.

Alpinistlar Monblanning balandligi 4 808,72 metr ekanligini qayd qilishgan.

Cho‘qqining balandligi 2015 yilda 4 808,73 metrni, 2013 yilda 4 808,73 metrni, 2007 yilda esa 4811 metrni tashkil qilgan. Tog‘ balandligi qor qalinligi sababli o‘zgaradi, u esa o‘z navbatida yog‘ingarchilik hajmi, shamol tezligi va haroratga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, iyunda Monblan avgustdagidan ham pastroq bo‘lgandi (4808,06 metr). Olimlar buni qish juda sovuq bo‘lgani va qor cho‘qqida turmagani bilan tushuntirishmoqda.

Ma'lum qilinishicha, tog‘ balandligi 18 yildan beri har ikki yilda o‘lchab kelinadi. O‘lchashlarni Yuqori Savoyya departamenti ekspertlari o‘tkazadilar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid