Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng tezkor smartfon: yetakchi hamon o‘zgarmadi
Mobil qurilmalar tezligini o‘lchashga mo‘ljallangan AnTuTu dasturi yaratuvchilari dunyodagi eng kuchli smartfonlar yangi reytingini taqdim qilishdi. Bu reyting avgustdagi sinovlar natijalariga ko‘ra tuzilgan.
Reytingga hamon Xitoyning OnePlus 5 smartfoni boshchilik qilmoqda, undan keyin esa yangi HTC U11 smartfoni, iyunda chiqqan ZTE Nubia Z17 hamda Samsung’ning S8+ va Galaxy S8 smartfonlari kelmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, oktabrda chop etiladigan keyingi reytingning yetakchisi yangi iPhone’lardan biri bo‘lishi mumkin.
Apple’ning yangi qurilmasi ekani taxmin qilinayotgan qurilmalardan bittasi iPhone taqdimoti oldidan AnTuTu reytingida 201 ming ballik unumdorlik bilan qayd qilingandi. Bu esa joriy reytingdan o‘rin olgan istalgan qurilma ko‘rsatgan unumdorlikdan balandroqdir.

Mavzuga oid
18:46 / 08.07.2026
Smartfondan real ijodga: robototexnika bolalarni qanday rivojlantiradi?
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:13 / 24.06.2026