Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Siti» navbatdagi raqibni tor-mor keltirdi va peshqadamga aylandi, «Liverpul» o‘z uyida ochko yo‘qotdi
Angliya premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan yana bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi.
«Manchester Siti» «Uotford» mehmoni bo‘lib raqib darvozasiga javobsiz oltita gol urdi. Uchrashuvda Serxio Aguero het-trikka erishdi. Bu orqali jamoa so‘nggi uchta uchrashuvni jami 15:0 hisobida yutgan bo‘lib chiqdi.
Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» esa «Byornli» bilan «Enfild»da kechgan uchrashuvda durang qayd etdi va bu raqibga qarshi ilk marta o‘z uyida ochko yo‘qotdi.
Turning boshqa uchrashuvlarida «Nyukasl» «Stok»dan ustun kelgan bo‘lsa, qolgan ikki uchrashuvda durang qayd etildi.
Ushbu natijalardan keyin «Manchester Siti» 5 uchrashuvda 13 ochko to‘plagan holda peshqadamga aylandi. 4 uchrashuvda 10 ochko to‘plagan «Manchester Yunayted» o‘z o‘yinini ertaga o‘tkazadi.
Angliya premer-ligasi, 5-tur
Uotford – Manchester Siti 0:6 (0:3)
Gollar: Aguero (27, 31, 81), Gabriel Jyezus (37), Otamendi (63), Sterling (89, penalti).
Uotford: Gomes, Kabasele, Xolebas, Yanmat, Mariappa, Chaloba (Kapu, 70), Kleverli (Pereyra, 64), Karrilo, Dukure, Risharlison, Grey (Dini, 74).
Manchester Siti: Ederson, Otamendi, Mendi, Uoker, Stounz, de Bryuyne (Gyundogan, 66), Fernandino, Silva (Sane, 78), Sterling, Aguero, Gabriel Jyezus (Bernardu Silva, 65).
Ogohlantirishlar: Xolebas (29), Dukure (40).
Vest Bromvich – Vest Hem 0:0
Vest Bromvich: Foster, Xegazi, Gibbs (Nom, 85), Evans, Douson, Berri, Kryxovyak, Fillips (Makkleyn, 76), Morrison, Brant (Robson-Kanu, 72), Rodriges.
Vest Hem: Hart, Rid, Fonte, Kressuell, Kollinz (Arnautovich, 58), Obiang, Kuyate, Antonio, Sabaleta, Ernandes (Ayyu, 76), Kerroll (Sako, 82).
Ogohlantirishlar: Sabaleta (9), Foster (66), Makkleyn (83), Antonio (90).
Haddersfild – Lester 1:1 (0:0)
Gollar: Depuatr (46) – Vardi (50, penalti).
Haddersfild: Lessl, Yorgensen, Leve, Smit, Shindler, Ins, Muy, Sabiri (Xogg, 82), Uilyams, Kachunga (Kvaner, 74), Depuatr (van La Parra, 90).
Lester: Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Simpson, Maguayr, Marez, King, Ndidi, Olbrayton (Grey, 65), Ixeanacho (Okadzaki, 69), Vardi (Slimani, 82).
Ogohlantirishlar: Shindler (40), Okadzaki (80).
Nyukasl – Stok Siti 2:1 (1:0)
Gollar: Atsu (19), Lassels (68) – Shaqiri (57).
Nyukasl – Elliot, Mbemba, Klark, Yyedlin, Lassels, Ritchi, Merino, Xeyden (Shelvi, 69), Atsu, Peres (Diame, 86), Xoselu (Geyl, 78).
Stok Siti: Batlend, Martins Indi, Vimmer, Piters, Zuma, Fletcher, Allen (Krauch, 84), Shaqiri, Shupo-Moting, Xese (Sobxi, 62), Diuf.
Ogohlantirishlar: Heyden (25), Vimmer (30), Klark (73), Merino (77).
Liverpul – Bernli 1:1 (1:1)
Gollar: Saloh (30) – Arfild (27).
Liverpul: Minole, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, Klavan, Koutino (Solanke, 78), Djan, Firmino (Oksleyd-Chemberlen, 79), Milner, Saloh, Starrij.
Byornli: Poup, Tarkovski, Uord, Louton, Mi, Defur (Vestvud, 87), Kork, Arfild, Gudmundsson (Barns, 60), Breydi, Vud (Vouks, 87).
Ogohlantirish: Poup (55).
Mavzuga oid
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
02:16 / 20.05.2026