Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniyada mustaqillik bo‘yicha referendum targ‘ib qilingan yuz mingta plakat tortib olindi
Ispaniya fuqarolik gvardiyasi 15 sentabrda Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha rferendum targ‘ib qilingan 100 mingta plakatni tortib oldi. Bu haqda La Vanguardia nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu plakatlar Kataloniyadagi Ospitalet-de-Lobregat aholi punktidagi bosmaxonada aniqlangan. Fuqarolik gvardiyasi xodimlari boshqa korxonalarda ham mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazilishi uchun chop etilgan bosma materiallarni topish maqsadida tintuv o‘tkazishmoqda.
Ispaniya bosh prokuraturasi 1 oktabrda Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun huquq-tartibot idoralari xodimlariga yo‘riqnoma ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, politsiyachilar ovoz berish qutilari, saylov byulletenlari va saylov uchastkasi a'zolari uchun yo‘riqnomalarni tortib olishlari ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Kataloniya parlamenti mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi qonunni qabul qilgandi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026