O‘zbekiston | 14:06 / 16.09.2017
11813
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev va Nazarboyev tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

Foto: O‘zbekiston24

Ko‘ksaroy qarorgohida 16 sentabr kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Qozog‘istonning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. 

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid