21:22 / 16.09.2017
13111

Video: Shanghay derbisida yirik hisob qayd etildi, Odil Ahmedov gol urdi

Xitoy superligasining 25-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida Shanghayning ikki klubi o‘zaro ro‘baro‘ keldi.  
Uchrashuvda mezbon sifatida harakat qilgan «Shanghay SIPG» jamoasi Karlos Teves yetakchiligidagi hamshaharlari «Shenhua»ni ayab o‘tirmadi va 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ahamiyatli tomoni, O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov ham uchrashuvda gol kiritib jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Shanghay SIPG» hisobidagi ochkolar soni 51taga yetdi va jamoa «GuangchjouEvergrand»dan 5 ochko ortda qolgan holda ularni ta'qib etishda davom etmoqda. «Shanghay Shenhua» esa 24 ochko bilan 12 o‘rinda qolmoqda.

Xitoy superligasi, 25-tur

«Shanghay SIPG» — «Shanghay Shenhua» 6:1 (0:0)
Gollar:
 Halk (56, 75), Vu Li (58, 64), Odil Ahmedov (60), Li Shenglong (82) — Karlos Teves (62).

Top