Mashhur brendlar logolari va ularning xayolingizga ham kelmagan izohlari
Mashhur brendlarning logolari va nomlariga qarab, ularning tarixi qanday ekani haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ehtimol, ular mutlaqo tasodifan paydo bo‘lgandir? Quyida shu mavzuda to‘plangan qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.
Walt Disney

Dunyoning eng mashhur multiplikatsion studiyasi logosida doim ertaknamo qasrning surati tasvirlanib kelinadi. Dastavval uning prototipi Noyshvanshtayn - nemis qasrlaridan biri bo‘lgan. 2006 yilga kelib esa, u Parij disneylendidagi Zolushka qasriga almashtirilgan.
LEGO

Bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqaruvchi LEGO kompaniyasining nomlanishi daniyacha "leg godt", ya'ni "yaxshi o‘ynash" ma'nosini bildiradi.
Fanta

Ikkinchi jahon urushi yillarida Coca-Cola kompaniyasining Germaniyadagi bo‘limi faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan Maks Kayt yangi ichimlik ishlab chiqarishga qaror qilgan. Ichimlik nomi jamoaviy muhokama natijasi hisoblanadi. Kayt jamoani qanday nom qo‘yish borasida fantaziyani (nemischadan "fantasie"-tasavvur, fantaziya) ishga solishga chaqiradi, shunda jamoa a'zolaridan biri Joe Nipp "Fanta!" deya taklif kiritadi.
Nintendo

Uch yapon iyeroglifidan tashkil topgan Nin-ten-do - "Omadni samolarga qoldir" ma'nosini anglatadi.
Cadillac

Lyuks toifadagi Cadillac avtomibillar rusumi kompaniya asoschisi, mexanigi va bosh tadbirkori Henri Liland tomonidan o‘z ajdodi, fransuz mustamlakasi ma'muri va harbiy qo‘mondoni Antuan Lome de Lamot de Kadilyak sharafiga nomlagan.
ebay

Kompaniya asoschisi Per Omidyar Echo Bay Technology Group'da ishlab yurgan kezlaridayoq sayt muqobilini yaratgan. Echo Bay Technology Group idorasi Exo Bey (Nevada)da joylashgan bo‘lgan. Omidyar saytini "EchoBay.com" ko‘rinishida ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan, biroq bu nom ostidagi sayt band bo‘lib chiqqan, shunda Omidyar uni qisqartirib "ebay.com" ko‘rinishida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shunga qaramay, ko‘pchilik ebay - "Electronic Bay", ya'ni "elektron buxta"ning qisqartmasi deb o‘ylaydi.
Samsung

"Sam" koreys tilidan tarjima qilinganda - uch, "sung" esa yulduz ma'nosini bildiradi. Shu tariqa Samsung so‘zini "uch yulduz" deb tarjima qilish mumkin. Uch raqami koreyslarda "katta, ko‘p sonli va kuchli" ma'nolarini beradi.
SEGA

SEGA — "Service Games of Japan" ("Yaponiya O‘yinlar xizmati")ning qisqartmasi. Kompaniya dastlab mamlakatning harbiy bazalariga pinbol o‘yini uchun qurilmalar yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Alfa Romeo

Alfa Romeo logosida chuqur tarixiy ma'no bor - qizil xoch Milan munitsipaliteti bayrog‘idan o‘tgan, qonxo‘r ajdar — qachonlardir Lambardiyani boshqargan qadimiy Viskonti avlodi ramzi. Aslini olganda, "ajdarho"li mashinalar o‘z tarixida boshqa avto rusumlariga nisbatan kamroq odamlarning halokatiga sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Haydar Aliyev va Ozarboyjon qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston | 16:09
-
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi
Jamiyat | 16:07
-
Kurskda Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari halok bo‘ldi
Jahon | 16:00
-
NYT: AQSh yangi sanksiyalarining yo‘qligi eskilari ta’sirini pasaytiryapti
Jahon | 15:55
Mavzuga oid

00:47 / 27.09.2017
Instagram'da izohlarini cheklash imkoni paydo bo‘ldi

21:27 / 06.09.2017
Facebook "rangli izohlar" funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

22:47 / 12.09.2016
Instagram'da izohlarni nazorat qilish imkoni paydo bo‘ldi

19:25 / 01.08.2016