Instagram ijtimoiy tarmoğida foydalanuvçilar izohlarini çeklovçi funksiya paydo böldi. Sozlamalarda tört xil variant taqdim etiladi: barçaning izoh qoldirişiga ruxsat beriş, faqat sahifasiga yozilgan döstlaringizdan, faqat sizning sahifangizga yozilgan döstlaringizdan, ikkinçi va uçinçi variantdagilarga. 

Avval oçiq sahifalarda izohlar barça uçun oçiq bölardi: u yerda ham döstlar, ham begona foydalanuvçilar izoh qoldirişi mumkin edi. Yopiq akkauntlarda begona foydalanuvçilar avvalgidek na suratlar va na izohlarni köra olişmaydi. 

Bundan taşqari, muayyan insonlarning izohlarini bloklaş funksiyasi paydo böldi. Bloklangan foydalanuvçining izohlarini faqat uning özigina köra oladi, şuningdek u izohlari bloklanganidan xabar topmaydi. Bunga qadar ma'lum bir foydalanuvçining izohlarini bloklaş uçun uni qora röyxatga qöşiş kerak bölgan.

Instagram rahbariyati şuningdek jonli translyatsiyalar uçun anonim murojaat tugmasini qöşdi. Foydalanuvçilar qöllab-quvvatlaşga muhtoj odam strimini körişlari bilan servis ma'muriyatiga xabar berişlari mumkin. Unga maslahat oliş yoki işonç telefoniga qönğiroq qiliş taklif etiladi. 

25 sentabr kuni Instagram foydalanuvçilari soni yarim yilda 100 million kişiga köpaydi va 800 millionga yetdi.