Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valverde jarohat olgani uchun Dembelening o‘zini aybladi
«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde klubning yangi vingeri Usmon Dembelening jarohati borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
20 yoshli fransuz futbolchisi chap oyog‘ining mushaklaridan birining uzilib ketishi natijasida uzoq muddatga safdan chiqqan. Xabar qilinishicha, uning safga qaytishi uchun 3,5-4 oy talab qilinadi.
«Dembele jarohati? U bu jarohatni chetlab o‘ta olardi, deb o‘ylamayman. Bu futbolchi bunga qadar mushaklaridan jarohat olmagan va bu qanday jarohat ekanini bilmaydi. U tovoni bilan o‘ynashni istagani uchun shunday shikastlandi. Bu xuddi shunday tipdagi jarohatlar ichida eng xavflisi sanaladi. Tajribali futbolchi hech qachon bunday qilmagan bo‘lardi. Ular yaxshisi to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketavergani ma'qul deb hisoblardi.
Tarkibimizda uning o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar juda ko‘p. Misol uchun Deulofeu, Vidal, Denis Suares, Andre Gomesh. Muqobil variantlarni qidirishda davom etamiz», – deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026