Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Trampning «KXDRni yo‘q qilish» haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi
Foto: Reuters
Xitoy tomoni Koreya yarim orolida vujudga kelgan murakkab va keskin vaziyatda barcha manfaatdor tomonlar bosiqlik bilan muzokaralar jarayonini tiklash uchun barcha shart-sharoitlarni barpo etadi. XXR TIV rasmiy vakili Lu Kan AQSh prezidenti Donald Trampning KXDRni "yo‘q qilish" ehtimoliga doir so‘zlarini izohlar ekan, shunday bayonot berdi.
Avvalroq, Oq uy yetakchisi Tramp, BMT minbaridan turib, KXDR Qo‘shma Shtatlarga tahdid soladigan bo‘lsa, AQShning uni yo‘q qilishdan boshqa chorasi qolmaydi, degan edi.
"Biz umid qilamizki, barcha tomonlar birgalikda BMT XKning qabul qilingan rezolyutsiyalarini ijro etib, keskinlikni yumshatish va muammoni diplomatik yo‘l bilan hal etishga tezroq qaytish uchun shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan choralarni ko‘ra boshlashiga umid qilamiz", — degan Lu Kan.
U yana bir bor BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyalarida "barcha tomonlar Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlik hukm surishiga hissa qo‘shishi kerakligi, Koreya yarim orolidagi yadro muammosini siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishi lozimligi" qayd etilganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026