Sport | 12:10 / 20.09.2017
12738
2 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» prezidenti va murabbiy Neymar-Kavani ziddiyatida urugvaylik tomonida

«PSJ» hujumchilar Neymar va Edinson Kavani o‘rtasida yuzaga kelgan muammoni klub ichki tartibida qay tarzda hal qilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan ichki yig‘ilishda bir qator futbolchilar, jumladan «PSJ»ning eng faxriy futbolchisi Tiago Motta vaziyat bo‘yicha o‘z noroziligini bildirib, futbolchilar maydonda o‘zini bunday tutmasliklari kerakligini ta'kidlab o‘tgan.

Bu gapni bosh murabbiy Unai Emeri ham ma'qullagan va jamoa yechinish xonasida Neymarga yaqin bo‘lgan Tiago Silva emas aynan Tiago Motta yetakchi bo‘lishi kerakligini ta'kidlagan.

Parijliklar prezidenti Nosir Al-Xalayfiy ham ikki futbolchi bilan gaplashib, masalaga oydinlik kiritib olgan. Jamoada vaziyat o‘zgarishsiz qolgan: Kavani «PSJ»da asosiy penalti tepuvchi bo‘lib qolaveradi, Neymar zaxiradagi penaltist.

Mavzuga oid