Jahon | 09:54 / 21.09.2017
13824
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning 10 yilga qamalgan sobiq bosh vaziri muddatdan avval ozodlikka chiqdi

Arxiv foto

Qozog‘iston sobiq bosh vaziri Serik Axmetov muddatdan oldin ozodlikka chiqdi. U 2015 yilda 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Bu haqda Tengri News xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, u Qarag‘anda viloyatidagi koloniya darvozasidan chiqib, avtomobilga o‘tirgan va ketib qolgan.

«Men rejalar bilan hali bir qarorga kelganim yo‘q. Nima bilan shug‘ullanishimni vaqt ko‘rsatadi. Hozir uyga boraman», - degan u koloniya oldida yig‘ilib turgan OAV xodimlariga.

Axmetov pora olish, xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilish, tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy tarzda ishtirok etish va o‘zganing mulkini juda katta miqdorda o‘zlashtirishda ayblangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid