Jahon | 15:42 / 21.09.2017
3978
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya fuqaro bo‘lmaganlarning farzandlariga fuqarolikni avtomatik tarzda berishni taqiqladi

Latviya Seymi (parlament) bu davlat fuqarolari bo‘lmagan shaxslarning 2018 yilning 1 iyunidan so‘ng tug‘iladigan farzandlariga fuqarolikni avtomatik tarzda berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi. Bunday tashabbus prezident tomonidan parlamentga o‘tgan hafta berilgandi. 

Hujjatga ilova qilingan ma'lumotnomada xabar berilishicha, uning qabul qilinishi birdam, yagona qadriyatlarga asoslangan Latviya jamiyatini shakllantirishga yordam beradi. 

Latviyada qariyb 2 mln. kishi istiqomat qiladi. 250 mingdan ortiq shaxsda bu davlat fuqaroligi yo‘q, ular aksariyat siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy huquqlardan foydalana olmaydi. Latviyada fuqaro bo‘lmaganlar oilasida har yili taxminan 50-80 bola dunyoga keladi. O‘tgan yili fuqaro bo‘lmaganlar maqomi 52 nafar bolaga berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid