28 may kuni Latviya Seymi Andris Kulbergs boşçiligidagi yangi hukumat tarkibini ma’qulladi. Tört partiyadan iborat koalitsiyani parlamentning 100 nafar deputati orasida 66 nafar qöllab-quvvatladi, 25 nafar esa qarşi ovoz berdi.

Yangi boş vazir hukumatning asosiy ustuvor yönalişlaridan biri milliy xavfsizlik bölişini ta’kidladi. U Latviya Ukrainaga yordam beriş va NATOning şarqiy qanotini mustahkamlaş tarafdori bölib qolişini bildirdi.

Yangi hukumat tarkibida iqtisodiyot vaziri Viktor Valaynis, taşqi işlar vaziri Bayba Brajye, soğliqni saqlaş vaziri Xosam Abu Meri hamda farovonlik vaziri Reynis Uzulniyeks öz lavozimlarini saqlab qoldi. Mudofaa vaziri etib polkovnik Rayvis Melnis tayinlandi.

Kulbergs boşçiligidagi hukumat 3 oktyabrga belgilangan navbatdagi parlament saylovlariga qadar faoliyat yuritadi.

Latviyadagi siyosiy inqiroz may oyi boşida mamlakat hududiga ikki uçuvçisiz uçiş apparati kirib kelganidan keyin boşlangan edi. Keyinçalik ular Ukrainaga tegişli dronlar ekani ma’lum böldi. Bu voqeadan söng mudofaa vaziri Andris Spruds iste’foga çiqqan, ortidan boş vazir Evika Silinya ham öz lavozimini tark etgan va butun hukumat iste’foga çiqqan edi.