Fan-texnika | 22:53 / 22.09.2017
5742
2 daqiqa o‘qiladi

Pekinda boshqaruvchisiz metro sinovdan o‘tkazila boshlandi

Foto:krpress.ru

Xitoy hukumati nafaqat aholi punktlari orasida, balki katta megapolislar yaqinidagi shaharlarda temir yo‘l aloqasini rivojlantirishni davom ettirmoqda. Shu sababli Pekinda yaqinda yangi temir yo‘l yo‘nalishlari ochildi. Bu yo‘nalishlardan birida boshqaruvchisiz yer osti poyezdi va yangi maglev-tarkibi sinovdan o‘tkaziladi.

Butkul avtomatlashtirilgan metro uzunligi 16 km  ga yaqinni tashkil qiladi. U shaharning janubidagi ikkita tumanni bog‘lab, soatiga 80 km tezlik bilan harakatlanadi. E'tiiborlisi, xitoyliklar metro yo‘nalishi va poyezdlarni o‘z kuchlari bilan qurganlar. Ularning aytishicha, metro yo‘nalishi sinov tartibida 2017 yil oxirigacha ishlaydi.

Maglevlar harakatlanadigan hudud kichikroq bo‘ladi, uning davomiyligi 10 km dan sal ko‘proqni tashkil qiladi. U shahar chetidagi ikkita shaharchani bog‘lab, mahalliy aholining transport muammosini qisman hal qiladi.  

Hozirda Pekinda 12 ta metro yo‘nalishi ishlaydi, ularning umumiy uzunligi 500 km dan ko‘proqni tashkil qiladi. Shahar tirbandliklar va yetib borish qiyin bo‘lganlar hududlarga borish muammolarini hal qilish uchun temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirishni davom ettirmoqda. Shu sababli yil oxirigacha yana 350 km yer osti va yer usti temir yo‘llari qurish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid