Sport | 22:12 / 23.09.2017
8462
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» salkam 60 yillik noyob natijani takrorladi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda. Bu turda Xosep Gvardiol shogirdlari «Kristal Pelas» ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Natijada «Manchester Siti» Angliya premer-ligasida ketma-ket uch uchrashuvni besh yoki undan ko‘proq to‘p kiritgan holda g‘alaba bilan o‘tkazdi. Bunday natijani so‘nggi marta «Blekbern» 1958/59 yilgi mavsumda qayd etgandi.

Barcha turnirlarni hisobga oladigan bo‘lsak, «Manchester Siti» ketma-ket 6 g‘alabani, jami 24:2 hisobidagi to‘plar nisbati evaziga qo‘lga kiritdi. Mankunianlar avvaliga «Bornmut» (2:1), keyin «Liverpul» (5:0), «Feyyenoord» (4:0), «Uotford» (6:0), «Vest Bromvich» (2:1) va «Kristal Pelas»dan (5:0) ustun keldi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid