Light | 17:00 / 24.09.2017
31564
4 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqda sizni obro‘sizlantiruvchi 6ta xato

Foto: Fed.az

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish amaliyoti zamonaviy kishining kundalik turmushidan muhim o‘rin egallab borayotgan tendensiyalardan biri. Hattoki, siyosatchi va tadbirkorlar ham o‘z faoliyatini ijtimoiy tarmoqda dadil olib borayotganini kuzatib xulosa qilsak, unda har kim yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan 6ta xatoga e'tibor qilishimizga to‘g‘ri keladi.

1. Urush va janjal

Zaruriyati yo‘q: Ijtimoiy tarmoq maydoni keng va unda notanish kimsalarning profiliga tez-tez duch kelasiz. Ayrim hodisa va voqealarga izoh berishda, unga nisbatan shaxsiy fikringizni bildirishda asabiylashib, janjal ko‘tarishning hojati yo‘q. Eng muhimi, siz tanimagan insonning sha'niga nomaqbul so‘zlarni aytmang.

Balki: Keng jamoatchilik kuzatuvi ostida bo‘lgan maydonda sizning shaxsiy imijingiz ijobiy tarafga o‘zgarishini xohlasangiz, nizoli jarayonda turib, unga qiziqqonlik bilan javob bermang. Har bir masalaga muloyim va xotirjam javob qaytarishga urining. Har qanday holatda ham unutmang: muhokamada baland ovoz bilan g‘olib bo‘lish mumkin emas.

2. Ochiq va oydin hayot

Zaruriyati yo‘q: Hayotingizda bo‘layotgan har qaysi vaziyatni yoritib borish, qonunga xilof harakatlaringizni ommaga ko‘rsatish (alkogolli ichimlik bilan mashina boshqarish kabi), ijtimoiy tarmoqda shaxsiy hayotidagi batafsil voqealarni namoyish etish yaxshi oqibatlarga olib bormaydi.

Balki: Shunchaki bitta qoidaga amal qiling: «oltin me'yor»ni tanlab oling va undan og‘ishmang.

3. Ish soatida tarmoqdan foydalanish

Zaruriyati yo‘q: Ishxonada va ish soatida ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish, izoh va yangi postlarni nashr etish - sizni bekorchi qilib ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bunday harakatlar mehnat samaradorligini tushirib, ish beruvchi bilan munosabatlaringiz sovuqlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Balki: Tirbandlikda turganda, bo‘sh vaqt paydo bo‘lganda yoxud uyda ijtimoiy tarmoqlarni tekshirib turishingizni tavsiya etamiz.

4. Xato yozish

Zaruriyati yo‘q: Ijtimoiy tarmoqlar, albatta, akademik jurnallar tahririyati emas va buning uchun rag‘bat olmaysiz. Ammo grammatik va orfografik xatolar ham sizni obro‘sizlantiruvchi omillardan biri ekanini unutmang.

Balki: Agar grammatik va orfografik yozuvning ishonchli ekaniga shubhangiz bo‘lsa, shunchaki boshqa so‘zlar bilan fikringizni ifodalab bering.

5. Spam va belgilash

Zaruriyati yo‘q: Sizning har bir postingiz do‘stlaringiz e'tiboriga havola etiladi, ularning siz haqingizda tasavvuri o‘zgarishi mumkin. Mantiqsiz «omad keltiruvchi xatlar», spam va birdaniga ko‘plab do‘stlarni belgilash atrofdagilarga yoqmasligi mumkin.

Balki: Biz sizga haqiqiy hayotdan lazzatlanishni, atrofda ko‘rgan baxtli voqealarni do‘stlaringiz bilan ulashib turishni tavsiya etamiz.

6. Ijtimoiy tarmoqdan voz kechish

Zaruriyati yo‘q: Qat'iyatsiz kishilar singari qaror chiqarishga shoshilmang. Agar irodaning sustligi tufayli tarmoqni tark etmoqchi bo‘lsangiz, u holda shunchaki ijtimoiy tarmoqda kamroq foydalaning.

Balki: Sizni hech kim majburiy tartibda postlarni qo‘yib borishga mahkum etmagan. Ba'zida foydali link yoki suratlar chop etishingiz mumkin.

Mavzuga oid